"Barselona" "Real"dan keyingi ikkinchi jamoa

Tolibjon Qosimov
2 may 2019, 02:37
Chempionlar ligasi yarim final dastlabki uchrashuvida "Barselona" o'z maydonida "Liverpul"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda hisobni Luis Suares ochdi. Urugvaylik forvardni goli "Barsa"ning YCHLdagi 500-goli bo'ldi. Messining dublidan keyin esa kataloniyaliklarning ushbu musobaqada urgan gollari soni 502taga etdi.

"Barselona" YCHL tarixida bunday natijaga erishgan "Real"dan keyingi ikkinchi jamoa bo'ldi. Madridliklar ko'hna qitaning eng nufuzli musobaqasida bugungacha jami 551ta to'p kiritishgan.

Chempionlar ligasida ko'p gol urgan top-10 jamoalar:

"Real" - 551ta gol

"Barselona" - 502ta

"Bavariya" - 457ta

"Manchester Yunayted" - 373ta

"Yuventus" - 292ta

"Arsenal" - 281ta

"Chelsi" - 266ta

"Portu" - 253ta

"Milan" - 229ta

"Lion" - 200ta.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/2010MisterChip