"Barselona" prezidenti klub safida debyut qilgan Yerri Mina haqida fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
9 fev 2018, 11:28
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa himoyachisi Yerri Minaning Kataloniya klubi safidagi debyutidan mamnun.

Kolumbiyalik futbolchi "Valensiya"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvida (2:0) maydonga tushdi.

"Mina ikkinchi davrada "Barselona"ga ko'p narsa beradi, undan ko'p narsani kutyapmiz" - deydi Bartomeu.

"Debyut emociyalarga boy bo'ldi. O'zimni yaxshi his qilyapman. Ishlashda davom etish kerak" - deb debyut haqida fikr bildirdi Yerri Mina.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca