

Ronald Kuman va prezident Joan Laporta o'rtasidagi munosabat har qachongidan yomonlashgan. Tunda YCHL 1-turidagi mag'lubiyat ("Bavariya"dan 0:3) vaziyatni yanada yomonlashtirgan.
Mag'lubiyatdan keyin Kuman tarkibdagi zaif nuqtalarga va jamoa o'tish davrida ekanligiga e'tiborni qaratgan. Bu so'zlar direktorlar kengashiga yoqmagan va ular mutaxassis bilan xayrlashish haqida jiddiy o'ylab qolishdi.
Aytishlaricha, bosh murabbiy vazifasini vaqtincha Xordi Kroyf bajarib turishi mumkin.



