"Barselona" o'z futbolchisini 10-15 million evroga sotib yuborishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
10 iyul 2021, 08:58
Hujumchi Martin Breytueyt "Barselona" safini tark etishi mumkin.

Kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchini 10-15 million evroga sotib yubormoqchilar. 

Ma'lum bo'lishicha, Evro-2020da Daniya terma jamoasidagi o'yinlaridan so'ng Breytueytga bir qator klublardan qiziqish bor. 

U 2020 yilning fevralida "Leganes"dan 18 million evro evaziga xarid qilingandi. 

U ortda qolgan mavsumda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca