“Barselona” markaziy himoyachi sotib olmasligi mumkin

Tolibjon Qosimov
7 avg 2013, 11:47
“Barselona” klubining murabbiylar shtabi va rahbariyati markaziy himoyachi sotib olishni keyinga qoldirishga qaror qilgan, deb xabar beradi ispan OAV.

Klub bosh murabbiyi Xerardo Martino, klubda mavjud bo'lgan ushbu poziciyadagi futbolchilar, o'z vazifalarini a'lo darajada bajara oladilar degan fikrga kelgan. Martino markaziy himoyada Xerard Pike, Xaver Maskerano va Karles Puyollardan foydalanishni ko'zda tutgan. Yangi futbolchini sotib olinishi esa Puyolning holatiga bog'liq bo'ladi. Agar futbolchi yaqin vaqt oralig'ida sport formasini tiklay olsa, unda kataloniya klubi yangi futbolchi sotib olmaydi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com