

Kataloniya klubi hamkorlikni davom ettirishga tayyor, biroq katta summa evaziga emas.
"Diario Sport" xabar berishicha, "Barselona" forvardga yangi shartnoma uchun ikki talab qo'ygan. Bu talablar o'zaro bog'liq: zaxiradagi futbolchi roliga rozi bo'lish va maoshini ikki baravarga qisqartirish.
Kataloniyaliklar Levandovskining katta tajribasi jamoa uchun hali ham foydali bo'lishi mumkin deb hisoblaydi. Biroq avgust oyida 38 yoshga to'ladigan futbolchiga Saudiya Arabistoni va MLS'dan ham takliflar mavjud.



