"Barselona" Goreckani qishda tekinga qo'lga kiritmoqchi

Narzulla Saydullayev
22 sen 2017, 23:57
"Barselona" "Shalke-04" yarim himoyachisi Leon Goreckani qishda o'z safida ko'rmoqchi.

2018 yil yozida erkin agentga aylanadigan futbolchiga qator klublar qiziqib qolishgan. "Shalke" Goreckani chempionatdagi raqobatchisi "Bavariya"ga sotmoqchi emas, ammo qishda boshqa Yevropa klubiga 25 million evro evaziga qo'yib yuborishlari mumkin. Kataloniya klubi esa Arda Turan, Rafinya yoki Andre Gomeshdan birini "Shalke"ga berib Goreckani tekinga o'z safiga qo'shib olmoqchi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com