"Barselona" Darmianni sotib olishi mumkin

29 iyul 2019, 21:30
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

ESPN nashriga ko'ra, 29 yoshli futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, kataloniyaliklar "Betis" himoyachisi Xunior Firpo variantini ham ko'rib chiqishmoqda.

Darmian so'nggi ikki mavsum MYU safida 14 o'yin o'tkazdi. 

Bundan tashqari, "Augsburg" himoyachisi Filipp Maks va "Bavariya" o'yinchisi David Alabalar ham "Barselona" qiziqishlari doirasida  bo'lib turibdi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: espn.co.uk