"Bayer" va "Siti" Yarmolenko uchun kurashmoqda

Tolibjon Qosimov
3 mar 2014, 17:27
"Manchester Siti" va "Bayer" Kievning "Dinamo" klubi hujumchisi Andrey Yarmolenko uchun kurashni boshladi.
"Sport Mediaset" nashrining xabariga ko'ra, ikkala klub skautlari 24 yoshli ukrainalik futbolchini Yevropa ligasi 1/16 finali doirasidagi "Valensiya"ga qarshi o'yinlarda kuzatishdi.

Yozga qadar Yarmolenkoga rasmiy takliflar tushishi aniq. Futbolchining taxmini transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net