Bahodir Ibrohimov xotira turniri. Yarim finalchilar ma'lum

23 avg 2014, 15:00
Xabar berib o'tganimizdek, shu kunlarda Toshkentda “Paxtakor” futbol klubi hamda O'FF hamkorligida taniqli futbolchi, sport ustasi Bahodir Ibrohimov xotirasiga bag'ishlab xalqaro turnir o'tkazilmoqda.
Musobaqa 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tyapti. Jamoalar uchtadan to'rtta guruhga bo'linishgan. Bugun guruh bahslari yakuniga etdi va yarim finalchilar aniqlandi. Xotira turniri dushanba kuni yakuniga etadi. Musobaqaning 3-o'rin uchun hamda final bahsi O'FF sun'iy maydonida o'tkaziladi. Quyida barcha guruhlardagi natijalar va yarim final juftliklarini keltirib o'tamiz.

“A” guruhi
SDYUSHOR-7 (Chimkent) - “Bunyodkor-2” - 0:6
“Paxtakor” – SDYUSHOR-7 (Chimkent) - 7:0
“Paxtakor” (Toshkent) - “Bunyodkor-2” - 3:0

“V” guruhi
Navoiy FM (Navoiy) - “Chilonzor” (Toshkent) - 0:0
“Bunyodkor-1” (Toshkent) - Navoiy FM (Navoiy) - 5:0
“Bunyodkor-1” (Toshkent) - “Chilonzor” (Toshkent) - 4:0

“S” guruhi
“Metallurg” (Bekobod) - Viloyat BO'SM (Termiz) - 5:2
BO'SM-28 (Buxoro) - “Metallurg” (Bekobod) - 0:2
BO'SM-28 (Buxoro) - Viloyat BO'SM (Termiz) - 1:2

“D” guruhi
AVFBIMI (Andijon) – BO'SM-2 (Jizzax) - 0:0
BO'SM-16 (Toshkent) - AVFBIMI (Andijon) - 0:2
BO'SM-16 (Toshkent) - BO'SM-2 (Jizzax) - 2:1

Yarim final. 24 avgust
Paxtakor - Metallurg
Bunyodkor-1 - Andijon

Final. 25 avgust

Manba: championat.asia