Azar "Real" mashg'ulotlariga ideal formada qaytdi. Anchelotti futbolchining birinchi mashg'ulotlaridan mamnun

Administrator
15 iyul 2022, 00:51
Futbolchi yangi mavsumni katta e'tibor qaratgan ko'rinadi.

"Real Madrid" futbolchisi Eden Azar yangi mavsumdan oldingi birinchi mashg'ulotda o'zini juda yaxshi ko'rsatgan. 

Marca nashrining yozishicha, belgiyalik futbolchi jamoa bazasiga ideal formada yetib kelgan. Bu Azarning jamoaga kelganidan beri eng yaxshi ko'rinishi bo'lishi mumkin.

Qayd etish joizki, "Real" ustozi Karlo Anchelotti futbolchining birinchi mashg'ulotlaridan mamnun bo'lgan. 

Azar hozirgi vaqtda Anchelotti uchun Vinisius Junior va Rodrigo varianti ustunroq ekanligini tushunib turibdi. Shu bilan birga, futbolchi asosiy tarkibga kirishning iloji borligiga to'liq ishonadi. 

Ma'lumot uchun, Azar o'tgan mavsum La Ligada 18 ta o'yinda maydonga tushdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Marca