

Azar N'Golo Kanteni maqtashda g'alati so'zlardan foydalandi.
"U bizga ishonch bag'ishlaydi. Biz dribling amalga oshirish yoki to'p uzatishdan qo'rqmaymiz, chunki ortimizda ishonchli o'yinchi borligini bilamiz.
Kante - fantastik futbolchi. U kalamush kabi hamma yerda paydo bo'ladi, N'Golo yetakchi. Eng yaxshilar bilan o'ynash doimo yoqimli" - deydi Azar.
Eslatib o'tamiz, ushbu yozda Kante 30 mln. funt evaziga "Lester Siti"dan "Chelsi"ga o'tgan edi.



