Azar: "Benzemaga teng keladigani yo'q. "Oltin to'p" masalasi 99 foizga hal"

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2022, 00:40
Futbolchi jamoadoshi haqida gapirdi.

"Real Madrid" futbolchisi Eden Azar jamoadoshi Karim Benzema haqida gapirdi.

"O'ylashimcha, unga teng keladigani yo'q. De Bryuyne, Kurtua, Mane, Vinisius kabi o'yinchilar ajoyib mavsum o'tkazishdi. Ammo bir qancha faktorlarga e'tibor bersak, "Oltin to'p" masalasi 99 foizga hal. 

Albatta, biz ovozlar qanday taqsimlanishini bilmaymiz. Ammo sovrin Benzemaniki bo'lishi tayin", -deydi Eden Azar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Marca