- Avvalo shuni aytishim kerakki, sentyabr oyida biz uchun bir nechta qiyin o'yinlar turibdi. Keyingi turda “Zarafshon” bilan kuch sinashamiz, shundan so'ng safarda “Mashal” va “Spartak” jamoalari mehmoni bo'lamiz. Shu bois “Registon”ga qarshi uchrashuvda ayrim yetakchilarimizga dam berishga qaror qildik.
Bundan tashqari boshqa o'yinchilarga ham imkoniyat berishimiz kerak edi. Dastlabki daqiqalarda o'yinimiz biroz qovushmagandek ko'rindi. Ammo hisobni ochganimizdan keyin hammasi joyiga tushdi. Mehmonlar darvozaga 4ta to'p kiritdik va raqibga hech qanday imkoniyat bermadik. Albatta, o'yindan ham, natijadan ham ko'nglim to'ldi. Qolaversa, bugun himoya chizig'imiz ishonchli o'yin namoyish etdi va darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik.
Meni xursand qilayotgani, ikkinchi bosqichda himoyachilarimiz yaxshi o'yin ko'rsatishyapti va o'tgan 5ta uchrashuvda o'z darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yubordik xolos. Lekin xotirjamlikka berilmasligimiz kerak. Chunki oldinda bizni “Zarafshon”, “Mashal” va “Spartak”ka qarshi og'ir o'yin kutib turibdi. Mana shu o'yinlar ko'p narsaga oydinlik kiritadi. Muhimi, ayni paytda yigitlarda kayfiyat yaxshi va keyingi uchrashuvlarda ham mana shunday ruhda o'ynashimiz uchun bizga qo'l keladi.
- Sardor Soipov ikkinchi bosqichda “Neftchi”dan tarkibga kelib qo'shildi. Lekin oxirgi paytlarda uni asosan ikkinchi bo'limda maydonga tushiryapsiz. Ayni paytda u 90 daqiqa o'ynashga tayyor emasmi?
- Yangi jamoaga moslashishi uchun Sardorga biroz vaqt kerak edi. Qolaversa, “Neftchi”da u ko'p vaqtini zaxirada o'tkazgandi. Sardor hozirgi holatda ham 90 daqiqa o'ynashga qodir. Biroq o'yin uslubimizga ko'nikib yanada yaxshi formaga kirib olishi uchun unga imkoniyat berayotgandik. Bugun uning harakatlaridan qoniqdim. Darvozani ishg'ol qildi, shuningdek golli pas ham berdi. Ishonamanki, u jamoamizning yetakchisi bo'la oladi.
- Kutilmaganda jiddiy hastalikka uchragan hujumchi Dmitriy Kraev to'g'risida nima deysiz? Hozir unga oson emas.
- Bugungi g'alabamizni Dmitriy Kraevga bag'ishlaymiz. Albatta, biz ham ayni paytda u uchun qattiq qayg'uryapmiz. Unga hozir har taraflama yordam berishga tayyormiz. 6 sentyabr kuni muxlislarni Kraevning davolanishi uchun o'tkaziladigan xayriya tadbiriga taklif etamiz. Ushbu tadbirdan tushadigan mablag'ni Kraevning davolanishi uchun unga ochilgan hisob raqamiga o'tkazamiz. Chunki u qiyin operaciya arafasida turibdi.
Buni butun jamoa bo'lib yaxshi his qilgan holda futbolchiga moddiy tarafdan yordam berish maqsadida murabbiy va futbolchilar mukofot pullarini Kraevning hisob raqamiga o'tkazishga qaror qildik. Boisi inson sog'lig'i hamma narsadan ustun turadi.
To'g'ri, Dmitriy hozirda juda tushkun holatda va ruhiy jihatdan qiyin damlarni o'tkazmoqda. Shu bois ayni damda unga hamma ruhan dalda bo'lyapti. Biz ham butun jamoa nomidan uni sog'ayib ketishini tilaymiz.