Ayollar futboli. Quyi oltilik jamoalar moliyaviy qiyinchilik tufayli Toshkentda markazlashgan holda o'ynashadi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2020, 13:35
2020 yilgi mavsum barcha jamoalar uchun iqtisodiy tomonlama og'ir keldi.

Shundan kelib chiqib, ayrim futbol klublari bir vaqtning o'zida 6 jamoani moliyalashtirishda qiyinchilikka duch kelayotgani sir emas.

Oqibatda ayollar chempionatining quyi oltiligida ishtirokini davom ettirishi kerak bo'lgan jamoalardan 5 tasi musobaqani davom ettira olmasligini ma'lum qildi. O'zPFL mazkur holatni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda o'rganib chiqdi. Yakunda ayollar futboli musobaqasi ham to'liq o'tishini taminlash maqsadida O'FA yuqoridagi 5 klub a'zolarining Toshkentda istiqomat qilishi hamda ovqatlanishi harajatlarini ko'tarishga qaror qildi. O'zPFL esa ular uchun markazlashtirilgan musobaqa tashkil etish vazifasini oldi.

Shu tariqa “Navbahor-W”, “Qizilqum-W”, “Buxoro-W”, “Surxon-W” hamda “Andijanka” jamoalari 10-21 noyabr kunlari Toshkentda istiqomat qilishlariga kelishildi. Ularga oltinchi jamoa sifatida poytaxtning “Lokomotiv-W” klubi qo'shiladi. Avvalroq “Lokomotiv” rahbariyati musobaqani 22 tur ko'rinishida to'liq davom ettirishga ham tayyor ekanini ma'lum qilgandi.

Quyida o'yinlar taqvimi keltirib o'tilgan. Ularning barchasi “Chig'atoy” sport bazasida tashkil etiladi. Yuqori oltilik jamoalari esa avvaldan kelishilgani kabi uy-safar tizimida turnirni yakunlaydi.

6-tur
10 noyabr, seshanba

15:00 SURXON - ANDIJANKA

12-tur
12 noyabr, payshanba

10:00 BUXORO - QIZILQUM
12:30 SURXON - NAVBAHOR
15:00 ANDIJANKA - LOKOMOTIV

13-tur
14 noyabr, shanba

10:00 LOKOMOTIV - NAVBAHOR
12:30 ANDIJANKA - BUXORO
15:00 QIZILQUM - SURXON

14-tur
17 noyabr, seshanba

10:00 QIZILQUM - ANDIJANKA
12:30 SURXON - LOKOMOTIV
15:00 NAVBAHOR - BUXORO

15-tur
19 noyabr, payshanba

10:00 BUXORO - LOKOMOTIV
12:30 NAVBAHOR - QIZILQUM
15:00 ANDIJANKA - SURXON

16-tur
21 noyabr, shanba

10:00 NAVBAHOR - ANDIJANKA
12:30 CURXON - BUXORO
15:00 LOKOMOTIV - QIZILQUM

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz