"Ayaks" sobiq futbolchisini ijaraga oldi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 10:45
"Ayaks" vinger Rayan Babelni "Galatasaroy"dan ijaraga oldi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, ijara 2020 yilning yoziga qadar davom etadi. Babel - "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2004-2007 hamda 2012-2013 yillar davomida klub sharafini himoya qilgan.

Ushbu mavsumda Babel Turkiya chempionatida 20 o'yinda qatnashib, 5 gol ham 2 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal