"Atletiko" va "Chelsi" Bernardeski uchun kurashadi

Alisher
19 avg 2020
"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeski "Atletiko" va "Chelsi" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Bernardeski "Yuventus"ning rejalariga kirmaydi va mavsumlar oralig'ida klubdan kyetishi mumkin. "Atletiko" va "Chelsi" bu vaziyatdan foydalib qolmoqchi va "keksa sinora" vakillari bilan muzokaralar boshlamoqchi.

Bernardeskining "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

26 yoshli o'yinchi yakunlangan mavsum "Yuve" libosida 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato