"Atletiko" prezidenti Oblak haqida: "U dunyoning eng kuchli darvozaboni. Boshqa top-klublarning qiziqishi esa ajablanarli holat emas"

Alisher
29 iyul 2020, 10:45
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso darvozabon Yan Oblakka boshqa klublardan qiziqish bo'layotgani haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- "Atletiko" muxlislariga qiziq, Oblak klubda qoladimi yoki yo'q.

- Men uchun Oblak dunyoning eng kuchli darvozaboni. Muxlis kabi gapirmoqdaman.

- Yakunda Oblak qoladimi yoki ketadimi?

- Men doim aytganman, Oblakning "Atletiko" bilan shartnomasi bor va u dunyoning eng kuchli posboni. Unga boshqa katta klublar qiziqish bildirayotgani ajablanarli holat emas.

- Siz ikki yil oldin Antuan Grizmanning "Atletiko" o'yinchisi ekanligini va muhokama qilinadigan hech narsa yo'qligini aytgandingiz. Shundan so'ng francuz yozda qolgandi.

- Men har doim nimani aytsam, shuni gapiraman. Oblakning shartnomasi bor, u "Atletiko" o'yinchisi va hammasi shu, - deydi Sereso.


Eslatib o'tamiz, bundan oldin "Chelsi" 27 yoshli sloveniyalik posbonning agenti bilan muzokaralar boshlagani haqida xabarlar yangragandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca