"Atletiko" 30+5 mln evrolik transferni amalga oshirdi

Alisher
3 avg 2024, 21:42
Aleksandr Serlot "Atletiko"ga o'tdi.

Madrid klubi "Vilyarreal" hujumchisining transferini e'lon qildi. Tomonlar 4 yillik shartnomaga imzo chekishdi.

Oldinroq, bitim narxi 30+5 mln evroni tashkil etishi ma'lum qilingandi.

Norvegiyalik o'tgan mavsum La Ligada 34ta o'yinda 23ta gol urgan holda ikkinchi to'purarga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com