"Atalanta" e'tiborini Skamakkaga qaratdi

Omonjon To`xtamirzayev
2 avg 2023, 17:00
"Atalanta" "Vest Xem" va Italiya termasi hujumchisi Janluka Skamakkani sotib olmoqchi.

Bergamo klubi futbolchi transferi uchun 30 million evro taklif qilgani aytilmoqda.

Avvalroq londonliklar forvardini "Inter"ga sotishni istamagandi. Takidlanishicha, italiyalikning o'zi "neradzurri" safiga o'tishni maqul ko'radi.

O'tgan mavsum Skamakka barcha musobaqalarda 27 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 4 ta sariq kartochka olgan. 

"Transfermarkt" portali 24 yoshli hujumchini 22 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: SkySports