Asensio "Real"dan ketish haqidagi savolga javob qaytardi

Aziz Tukhtamuradov
11 dek 2021, 09:10
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio klubdan ketish haqidagi savolga javob qaytardi.

"Bazida qiyin bo'ladi, ammo maqsadim aniq. 

Jamoaning vazifasi - mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazish. Men ishimga bor e'tiborimni qaratganman. 

Maydonda maksimal ravishda ko'p daqiqa o'ynamoqchiman. Shu sababli ham har kuni ishlayman. 

Hozircha ketish haqida gapirishga erta. Aytib o'tganimdek, men ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchiman. Keyin esa ko'ramiz nima bo'lishini", - dedi Asensio. 

Asensio ushbu mavsumda La Liganing 14 ta o'yinida maydonga tushib, 4 ta gol urdi. 





O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca