Asensio "Real" safida uchta turnir ilk uchrashuvlarining barchasida gol urdi

Aslanov Jasurbek
19 okt 2016, 15:28
"Real" yarim himoyachisi Marko Ansensio "Legiya"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Bu o'yin 20 yoshli futbolchi uchun ushbu turnirdagi debyut uchrashuvi bo'ldi. Shunday qilib, Asensio "Real" safidagi barcha debyut bahslarida gol urishga erishdi.

Oldinroq u "Sevilya"ga qarshi Yevropa Superkubogidagi debyut bahsida (3:2) va "Real Sosedad" bilan LaLigadagi debyut uchrashuvida gol urgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru