AS: Zidan murabbiylik licenziyasisiz ishlagani uchun uch oyga diskvalifikaciya qilindi
Aziz Tukhtamuradov
11 okt 2014, 17:19
Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi "Real Madrid Kastilya" jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidanni kerakli licenziyasiz ish olib borgani uchun uch oyga diskvalifikaciya qildi.
Real federatsiya qabul qilgan qarorning 10 kuni ichida appelyaciya bermoqchi. Agar ariza qabul qilinmasa, madridliklar Lozannadagi sport arbitraj sudiga shikoyat qilmoqchilar.