

O'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan Artyom Filiposyan 2015 yilgi mavsumni "Bunyodkor"da boshladi va ilk davrada 9ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yozda "Dinamo"ga ko'chib o'tgan himoyachi oliy ligada 12ta o'yinda ishtirok etib 1ta gol urdi.
Filiposyan ayni paytda "Olmaliq" klubining mashg'ulotlarida qatnashmoqda. Hozircha uning Igor Shkvirin jamoasida qolishi noma'lum.



