"Arsenal" yarim himoyachisi Kasorla oyog'idan ayrilib qolishi mumkinligi haqida aytib berdi

Aslanov Jasurbek
3 noya 2017, 13:04
"Arsenal" yarim himoyachisi Santi Kasorlaning ma'lum qilishicha, gangrena tufayli oyog'idan ayriligi mumkin edi.

Ayni damda futbolchi jarohatini davolamoqda, biroq dekabrgacha maydonga tusha olmaydi.

32 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, bir vaqtlari uning faoliyati xavf ostida qolib, uning oyog'iga infekciya tushgan edi. Shifokorlar Kasorlaning oyog'ini kesib tashlash variantini ko'rib chiqishgan.

"Arsenal" xavbekining aytishicha, u yura olayotganidan xursand, chunki uning payini 8 sm.ni kesib tashlashgan va jarohat joyini yopish uchun qo'lining terisi kerak bo'lgan ekan.

"U hozirgacha mashg'ulotlarga qaytgani yo'q, Kasorla yoshlar jamoasida bir nechta o'yin o'tkazishi kerak. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, u Rojdestvodan so'ng o'ynaydi" - deydi "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca