Kasorla "Al Sadd"ni tark etdi

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2023, 11:14
Ispaniyalik taniqli yarim himoyachi Santi Kasorla "Al Sadd"dan ketdi.

Bu haqda Qatar klubi ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi. 38 yoshli futbolchi futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi.

Kasorla "Al Sadd" safida 3 mavsum harakat qildi. Jamoa bilan birgalikda ispaniyalik xavbek mamlakat chempioni va kubok sohibiga aylandi. Bundan tashqari, Santi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etildi.

Yevropada Kasorla "Vilyarreal", "Malaga" va Londonning "Arsenal" klublarida o'ynagani bilan mashhur. Ispaniya terma jamoasi tarkibida yarim himoyachi 81 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: al-saddclub.com