Arsenal yanvarda Lixtshtaynerni sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2014, 12:13
Yuventus himoyachisi Shtefan Lixtshtayner Arsenal qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
London klubi 30 yoshli Shveytsariya terma jamoasi a'zosini yanvar oyida sotib olmoqchi. Uning Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozda tugaydi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Yuventus Lixtshtaynerni kamroq pulga sotishga tayyor. Sababi uning o'rniga Udinezedan Silvan Vidmerni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Lixtshtayner agar Arsenalga ko'chib o'tsa YCHLning bahorgi qismida ishtirok eta olmaydi. Sababi guruh bosqichida Yuventusda o'ynab bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru