“Arsenal” urugvaylik futbolchining transferini amalga oshiradi

Aziz Tukhtamuradov
1 iyul 2018, 08:33
“Sampdoriya” klubi tayanch yarim himoyachisi Lukas Torreyra faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishga yaqin turibdi.

Londonliklar Urugvay terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi uchun 30 million evro to'lashadi. Transfer esa kelayotgan haftada amalga oshiriladi va rasman Urugvay JCH-2018dagi ishtirokini yakunlaganidan so'ng e'lon qilinadi. 

Ma'lumot uchun, kecha oqshom Portugaliyani mag'lub (2:1) etgan Urugvay 6 iyul kuni 1/4 finalda Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif