"Sampdoriya" "Barselona" vingerini sotib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
23 okt 2023, 10:21
"Barselona" vingeri Estanislau Pedrolani "Sampdoriya"ga sotdi.

Avgust oyida futbolchi Italiya klubiga mavsum oxirigacha mo'ljallangan ijara huquqi asosida ko'chib o'tgandi. Endilikda ispanlar futbolchini to'liq sotib yuborishga qaror qilishdi.

Kataloniyaliklar Estanislau uchun 3 mln evro olishadi. Shuningdek, "ko'k-anorranglilar"da 2025 yilgacha futbolchini 7 mln evro evaziga qaytib sotib olish yoki uning keyingi sotuvidan 50% ulushi ham bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо