“Arsenal” “Real”dan 23 million funt evaziga Xedirani sotib olmoqchi
Tolibjon Qosimov
30 iyun 2014, 13:51
“The Sun” nashrining xabariga ko'ra, Londonning “Arsenal” klubi “Real”dan Xedirani sotib olmoqchi.
Shaxsan futbolchi bilan qiziqib qolgan Arsen Venger, Madrid klubiga 23 million funt taklif qilishga tayyor. O'tgan yili “Arsenal”ga ko'chib o'tgan Mesut Ozil, terma jamoadagi do'stini o'z klubiga o'tishga ko'ndirishi mumkin .