“Arsenal” muxlislari klubning Arsen Venger bilan shartnomani uzaytirishiga qarshi chiqishmoqda

19 avg 2013, 13:03
Londonning “Arsenal” klubi muxlislari, klubning bosh murabbiy Arsen Venger bilan shartnomani uzaytirishiga qarshi chiqishayapti.

Gap shundaki, 1996-yildan beri klubda bosh murabbiy bo'lib kelayotgan fransiyalik mutaxassis davrida klub, 2005 yildan buyon hech narsa yuta olmagan va har mavsumda jamoa sardorlari boshqa klublarga o'tib ketishgan. Ushbu mavsumda esa “Arsenal” birinchi o'yindayoq o'z uyida unchalik kuchli bo'lmagan “Aston Villa”dan mag'lubiyatga uchragan (1:3).

“Arsenal” klubi muxlislar ittifoqi”, klubning Venger bilan shartnomani uzaytirishi borasida olib borayotgan muzokaralarini mantiqiy emas deb baholagan. Klub rahbariyati endigi e'tiborini transfer oynasi yopilgunga qadar yangi futbolchilar bilan jamoani kuchaytirish haqida bosh qotirishi kerak”, - muxlislar harakati so'zlarini keltiradi Daily Mail.


Manba: football.kulichki.net