"Arsenal" 40 million funtlik transferni amalga oshirishga tayyor

Alisher
13 sen 2020, 15:20
"RB Leyptsig" himochisi Dayo Upamekano "Arsenal" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

London jamoasi mudofaa chizig'ini kuchaytirmoqchi, shu sabab klub fransiyalik markaziy himoyachining variantiga qaytdi.

"To'pchilar" ushbu yozgi transferlar oynasida o'yinchi uchun 40 million funt miqdorida mablag' to'lashga tayyorlar.

O'yinchi uchun "Chelsi" ham kurashga kirishgan. Futbolchi o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun