"Arsenal" 31 may kuni Venger borasidagi qarorini e'lon qiladi

Aslanov Jasurbek
30 may 2017, 15:18
"Arsenal" 31 may kuni klubning jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger borasida chiqargan qarorini e'lon qiladi.

Rahbariyat shartnoma uzaytirish yoki mutaxassis bilan xayrlashish haqida qaror chiqaradi.

Londonliklar Premer-ligada mavsumni beshinchi o'rinda yakunlashdi, biroq ular Angliya Kubogi g'olibiga aylanishdi.

Venger 1996 yildan buyon "Arsenal"ni boshqaradi. Jamoa uning qo'l ostida 1997-98, 2001-02 va 2003-04 mavsum chempionlariga aylanishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports