Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi La Liga klubiga o'tdi

15 yanv 2020, 07:46
“Betis” yangi transferini e'lon qildi.

“Amerika” klubi a'zosi Gido Rodriges faoliyatini “Betis”da davom ettiradi. Gido yangi klubi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi. Joriy mavsum argentinalik futbolchi Meksika chempionatida 22 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi. U 2017 yil Argentina terma jamoasi safida debyut qilgan. Hozirga qadar 9 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Бетис” расмий сайти