Argentina - Peru. Ikardi birinchi marotaba jarohat olgan Messining o'rniga terma jamoaga chaqirildi

Tolibjon Qosimov
1 okt 2013, 11:16
“Inter” klubi hujumchisi Mauro Ikardi, JCH-2014 saralash bosqichi Peru va Urugvay terma jamoalariga qarshi o'yin arafasida Argentina terma jamoasiga chaqirildi.

20 yoshli futbolchi birinchi marotaba jarohat olgan Lionel Messining o'rniga terma jamoaga chaqirilgan, deb xabar beradi Reuters.

Argentina - Peru bahsi 11 oktyabrda Buenos-Ayresda bo'lib o'tsa, Urugvay termasiga qarshi o'yin Montevideoda 15 oktyabrda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi CHM-2014 bahslariga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru