Arauxo "Sevilya"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin

Alisher
2 mar 2021, 07:02
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo "Sevilya"ga qarshi o'yinda olgan jarohatidan tiklanmoqda.

Himoyachi dushanba kuni chap to'pig'ida engil noqulaylik bilan sport zalida mashq qildi. Futbolchi bugungi "Sevilya"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim final javob o'yinida qaytishi mumkin.

"Barselona" ertaga "Sevilya" bilan o'ynaydi, ilk o'yinda kataloniyaliklar 0:2 hisobida mag'lub bo'lishgan.

21 yoshli Arauxo joriy mavsum "Barselona" safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As