APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi "Arsenal" bilan o'yindan oldin arzon avtomobilini urib oldi

Tolibjon Qosimov
11 yanv 2018, 21:28
Angliya Liga kubogi yarim finali doirasida "Chelsi" va "Arsenal" jamoalari o'zaro durang (0:0) o'ynashdi.

APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi, "Chelsi" yarim himoyachisi N’Golo Kante "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin "Stemford Brij"ga 20 ming funt sterling turadigan mini avto ulovda keldi. Lekin, yo'lda u Mini Kuperni urib oldi.

Kante "Chelsi"da haftasiga 110 ming funt maosh olishiga qaramay, o'zining kamtar avtomobilini saqlab qolgan.


Bu haqda Kantening o'zi shunday degan edi: "Men hech qachon avtomobillarni sevadigan insonlar toifasidan bo'lmaganman. Bolaligimda avtomobillar va shunga o'xshash narsalarga xohishim bo'lmagan".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mirror.co.uk