APL. “Siti”, “Chelsi” va “Totenhem” kutilgandek uch ochkoni qo'lga kiritishdi

4 apr 2019, 02:51
APL 33-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv nihoyasiga etdi.

Kutilgandek barcha uch o'yinda maydon egalari raqibdan ustun ekanliklarini amalda isbotlashdi.

“Manchester Siti” o'z uyida De Bryuyne va Sanening gollaridan keyin “Kardiff”dan uch ochko “ishlab” olishdi.

“Tottenhem” o'zining yangi stadionidagi ilk o'yinda muxlislarni xursand etdi. Son Xin Min va Eriksen “Kristal Pelas” darvozabonini ranjitishdi va londonliklar ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Turning yana bir uchrashuvida “Chelsi” “Brayton”ga hech qanday imkon qoldirmadi. Jiru, Azar va Loftus Chik kiritgan gollar “aristokratlar”ga yirik g'alabani taqdim etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia