APL. Salah - bir mavsumda 20tadan ko'p gol urgan to'rtinchi afrikalik futbolchi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2018, 09:01
Kecha "Liverpul" "Tottenxem" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Uchrashuvda ikkita gol urgan Muhammad Salah ushbu mavsumda APLdagi gollari sonini 21taga etkazib oldi. Shu tariqa, u bir mavsumda 20tadan ko'p gol urgan to'rtichi afrikalik futbolchi bo'ldi. 

Bunga qadar Nvonkvo Kanu ("Arsenal"), Dide Drogba ("Chelsi") va Yaya Ture ("Manchester Siti") kabi afrikaliklar bir mavsumda 20 va undan ko'p gol urishga muvaffaq bo'lishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe