APL. "Liverpul"ning o'z maydonidagi 68 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi "Bernli" tomonidan barham berildi

Mirjalol Normatov
22 yanv 2021, 02:55
APLning 19-turi doirasida "Liverpul" o'z maydonida mag'lub bo'ldi.

Shu orqali "Liverpul" o'z maydonida APL doirasidagi 68 o'yinlik (55 g'alaba va 13 durang) mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi. Undan tashqari, jamoa ketma-ket beshinchi o'yindirki, raqib postiga yo'l topa olmayapti.

Liverpul – Bernli 0:1

"Enfild"

Gol: 0:1 – 83, penalti Barns.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson, Matip, Fabino, Tiago Alkantara, Oksleyd-Chemberlen (Firmino, 57), Shakiri (Minamino, 84), Veynaldum, Mane, Origi (Salax, 57).

Bernli – Poup, Mi, Louton, Teylor (Piters, 49), Tarkovski, Vestvud, Breydi (Gudmundsson, 65), Braunxill, Maknil, Vud, Barns.

Ogohlantirish: Barns (39), Fabino (45), Matip (87)

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia