APL klubi Remzining transferi borasida muzokaralarga kirishdi

Alisher
20 yanv 2022, 17:04
Ortiq "Yuventus" murabbiylar shtabi rejalariga kirmaydigan yarim himoyachi Aaron Remzi APLga qaytishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 31 yoshli xavbek "Kristal Pelas" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

"Burgutlar" "keksa sinora" bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralar olib bormoqda.

Uning amaldagi shartnomasi 1,5 yilga mo'ljallangan, uning bozor narxi 5 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira