APL klubi Dibala uchun xaridor

Mirjalol Normatov
14 yanv 2024, 14:55
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Corriere Della Sera" xabariga ko'ra, ingliz klubi futbolchining 11 mln funtlik tovon pulini to'lashga tayyor turibdi. 30 yoshli futbolchining "Roma" bilan 2025 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomasi bor.

Dibala ushbu mavsum A Seriyada 13 o'yinda 5ta gol va 6ta assist qayd etdi. Ayni damda futbolchi boldiridagi jarohatini davolash bilan ovora bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere Della Sera