

Mazkur uchrashuvda "to'pchilar"ning qo'li baland keldi. G'alabadan keyin Mikel Arteta boshchiligidagi londonliklar hisobidagi ochkolar soni 27 taga etdi va "Arsenal" musobaqa jadvalining 10-pog'onasiga ko'tarilib oldi. "Qizil iblislar" esa 31 ochko bilan 5-o'rinda qoldi.
APL musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
Arsenal – Manchester Yunayted 2:0
2 yanvar, 01.00, "Emireyts"
Gollar:
1:0 – 8 Pepe, 2:0 – 42 Papastatopulos.
Arsenal – Leno, Kolashinac (Saka, 69), David Luiz, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Ozil, Djaka, Torreyra, Pepe (Nelson, 62), Lyakazett (Genduzi, 82), Obameyang.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Uan-Bissaka, Shou, Maguayr, Matich (Mata, 81), Djeyms (Grinvud, 58), Fred, Lingard (Pereyra, 58), Marsyal, Reshford.
Ogohlantirishlar:
Kolashinac (3), Saka (82).




