APL. 1-tur. "Siti" o'z uyida yirik g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2013, 07:24
Angliya premer ligasida 1-turdan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Nyukasl" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinning 6-daqiqasida David Silva hisobni ochdi. 22-daqiqada Serxio Aguero Edin Jekoning uzatgan to'pini darvozaga yo'lladi. "Nyukasl" ikki to'p farqi bilan ortda qolayotgan vaqtda, aniqrohi 45-daqiqada Stiven Teylor qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo'lim boshida Yaya Ture belgilangan jarima to'pini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib hisobni yiriklashtirdi. O'yinga nuqtani 75-daqiqada Samir Nasri qo'ydi. Fransiyalik futbolchi Sabaletadan to'pni qabul qilib olib himoyachi va darvozabonni ortda qoldirdi - 4:0.

Manchester Siti – Nyukasl 4:0 (2:0, 2:0)
19 avgust, Etixad Stedium
Gollar:
1:0 – 6 Silva, 2:0 – 22 Aguero (Jeko), 3:0 – 50 Yaya Ture, 4:0 – 75 Nasri (Sabaleta). 
Manchester Siti – Jo Xart, Sabaleta, Kompani (Xavi Garsiya, 71), Leskott, Klishi, Fernandino, Yaya Ture, Navas, Aguero (Nasri, 62), Silva (Negredo, 80), Jeko. 
Nyukasl – Krul, Debyushi, Kolochchini, S. Teylor, Yanga-Mbiva, Sissoko, Tiote, Guffran (Dammett, 45), Ben Arfa (S. Ameobi, 65), Guterres (Anita, 44), Sisse.
Ogohlantirishlar: Yanga-Mbiva (31), Djeko (31), Fernandino (32), Sissoko (33), Debyushi (40).
Chetlatish: S. Teylor (45).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia