Antonio Di Natale: Buyuk klub ustidan buyuk g'alabaga erishdik

Narzulla Saydullayev
9 mar 2014, 11:21
Udineze hujumchisi Antonio Di Natale Italiya chempionatining 26-turidan o'rin olgan Milan ustidan qozonilgan (1:0) g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Buyuk klub ustidan buyuk g'alabaga erishdik. Butun jamoa bo'lib juda yaxshi himoyalandik va qarshi hujumda imkoniyat kutdik. Juda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik.

Udinezeda o'ynayotganimdan xursandman. Oilamga ham yoqmoqda. Bu yerda 10 yildan buyon o'ynayapman. Udinezedan boshqa klub men uchun yo'q, – deydi Di Natale.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru