Andrey Shipilov: "Yakuniy natija adolatli bo'lmadi"

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2018, 22:31
Superliga 18-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvida "sherlar" 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov hamda bahsda "Metallurg" tarkibida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Safar Safoevlar ishtirok etishdi.

A.Shipilov: "O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Bugungi uchrashuv oldidan tarkibimizda muammolar borligi sababli yoshlarga imkon berdik. Bu o'zimizni oqlash uchun bahona emas. O'ylashimcha, natija adolatdan bo'lmadi. Tablodagi hisob 3:0 emas, balki 1:0 bo'lganda adolatli bo'lardi. Tanaffusdan so'ng raqibga jarima maydonchasi oldida pressing uyushtirib ularni qiynab qo'ydik. "Paxtakor"ga jismonan yutqazmadik, ammo 2-bo'limdagi o'yinimizni kuchaytirganimiz yaxshi natija qayd etish uchun etarli bo'lmadi. G'alaba bilan "Paxtakor"ni tabriklayman".


Z.Safoev: "Murabbiyimizning fikrlariga to'liq qo'shilaman. Yosh tarkib bilan munosib o'ynadik. Birgina ranjitgan holat bu natija bo'ldi. Tablodagi yirik hisob ortiqcha bo'ldi. Biz esa yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik".



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia