Andrey Shipilov: "33-daqiqagacha hech nima o'xshamadi"

Narzulla Saydullayev
29 mar 2019, 23:35
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey Shipilov o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi uydagi o'yinda mas'uliyat ham boshqacha bo'ladi. "Buxoro" ilk turda AGMK bilan juda yaxshi o'ynagan edi.

Bugun 33-daqiqagacha bizda hech nima o'xshamadi, chunki raqib imkon bermadi. Aynan shu daqiqada chiroyli hujumdan keyin gol urdik. Maydonda juda ko'p kurash bo'ldi. Ko'plab standart vaziyatlariga ega bo'ldik.

To'g'ri biz natija uchun o'ynadik. G'alaba bilan jamoamni tabriklayman. Yomg'irli havoda stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytaman", - deydi Andrey Shipilov.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia