Andrey Miklyaev: "Gol urishda muammo bor"

21 sen 2017, 20:16
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Bugun har ikka jamoa juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. G'alaba juda zarur edi. Futbolchilarga hech qanday etiroz yo'q. Birgina gol bahs taqdirini hal etdi. Biz ketma-ket ikkinchi o'yindirki gol kirita olmayapmiz. Biz uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. Ammo o'yin bobida raqibga yutqazmadik. Bizga nimadir yetishmayapti.

Vaziyatlarni golga aylantirishda muammolarga duch kelyapmiz. Blessing yomon harakat qilmadi. U yosh va hozircha to'liq tayyor emas. Bugun uchta yetakchi futbolchimiz ishtirok eta olishmadi. Bu albatta o'z ta’sirini ko'rsatmay qolmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia