"Andijon" to'rtta ochilish uchrashuvida ishtirok etadi

23 mar 2015, 16:44
Mavsumni ko'ngildagidek boshlay olmagan "Andijon" 24-Milliy chempionatni to'rt marta ochilish bahsida ishtirok etadi.
Dastlab 12 mart kuni "Nasaf" mehmoni bo'lgan "burgutlar" Qarshida futbol mavsumini ochilish uchrashuvida ishtirok etdi. 1-turda "Andijon" 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ikkinchi turni ham Qarshqadaryoning boshqa bir jamoasi "Mashal" mehmoni bo'ldi. 20 mart kuni Muborakda yangi futbol mavsumini ochilishida ham "Andijon" "gazchilar"ga raqib bo'ldi. Bu o'yinda "Mashal"ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
 
3-turni "Andijon" o'z maydonida "Olmaliq"qa qarshi o'tkazadi. 4 aprel kuni bo'lib o'tadigan o'yin esa andijonliklar uchun yangi futbol mavsumining ochilishi bo'ladi.

4-turni safarda "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi. Vodiy derbisi esa endi qo'qonliklar uchun yangi futbol mavsumining ochilishi bo'ladi. "Qo'qon-1912"ning "Paxtakor"ga qarshi o'yini qoldirilgandan so'ng,  aynan "Andijon"ga qarshi o'yin ochilish bahsiga to'g'ri kelmoqda.


Manba: championat.asia