
Muzaffar Axadjonov boshchiligidagi muxlislarni Markaziy stadionda "Nasaf" futbol ishqibozlari klubi yetakchisi Uktam O'zoqov kutib oldi.
Mehmonlar Markaziy stadionda futbolchilar va muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek o'zaro qizg'in suhbat ham bo'lib o'tdi. Suhbat chog'ida har ikkala klubi ishqibozlar yetakchilari o'z tajribalari bilan ham o'rtoqlashishdi. Suhbat chog'ida muxlislar o'z sevikli jamoalarining chempionat va mamlakat birinchiligidagi olib borayotgan yutuq va kamchiliklarini ham muhokama qilishdi.
"Nasaf" ishqibozlar klubi mamlakatimizdagi ko'pgina muxlislar klubi bilan do'stona hamkorlik qilib kelishadi. Jumladan bu yil quyi ligada faoliyat yuritayotgan "Andijon" futbol klubi ishqibozlari bilan ham ana shunday aloqa o'rnatilgan.
Mehmonlar yaxshi taasurot va kayfiyat bilan Markaziy stadionni tark etishdi. Mehmonlar huzurida doimo Uktam O'zoqov hozir bo'ldi. Mehmonlar iliq qabul uchun o'z tashakkurlarini izhor qilishib xayrlashishdi.